Есть ответ 👍

Savol va topshiriqlar: 1. Matnni ifodali o‘qing va matn mazmunini qisqacha gapirib bering.
2. Spitamenning fazilatlarini aytib bering.
3. Matndagi undoshlarni talaffuzi va imlosiga ko‘ra tahlil qiling.
4. Matn mazmunini o‘zbek tilida va o‘quv tilingizda hikoya qiling.
5. Matndagi eskirgan so‘zlarni daftaringizga yozing va ma’nosini izohlang.
6. Bugungi davrda haqiqiy vatanparvar inson qanday qahramonlik ko‘rsatishi mumkin?

SPITAMEN

Spitamen O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Aleksandr Makedonskiyga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari sifatida nom qoldirgan. Qo‘rqmas xalq qasoskori boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar makedoniyaliklarni ko‘plab marta janglarda mag‘lub etganlar. Grek va Rim tarixchilari asarlarida Spitamenning qaysi shahar yoki qishloqdan ekanligi aniq yozilmagan. Ammo u asosan Politamet (Zarafshon) daryosi bo‘ylarida, Maroqand (Samarqand) shahri atroflarida kechgan voqealar tasvirida ko‘plab tilga olinadi.

Aleksandr qo‘shinlari qancha-qancha shaharlarni, yurtlarni osongina bosib olgan, ammo Sug‘diyonani egallash ularga oson bo‘lmaydi. Ular bu yerda xalqning qattiq qarshiligiga uchrab, ko‘pdan-ko‘p talofat ko‘radilar. Spitamen boshchiligidagi jangchilar hech kutilmagan paytda va joylarda paydo bo‘lishar, dushmanga qaqshatqich zarba berishar va yana tutqich bermay, qutulib ketishar edi. Spitamen jasur, farosatli, tadbirkor, ayni choqda juda hushyor va ziyrak edi. Uning qo‘shinida O‘rta Osiyoning mahalliy aholisi bo‘lgan massagetlar, skiflar, saklar, sug‘dlar o‘zaro birikib harakat qilar edilar. Ular Spitamenni o‘zlarining haqiqiy xaloskori deb bilardilar. Spitamen boylikka qiziqmas, qo‘lga tushgan o‘ljalarni jangchilarga bo‘lib berar edi. U nafaqat dushmanlarni, balki sotqinlik qilgan yurtdoshlarini ham ayamas edi. Spitamen Aleksandrga O‘rta Osiyo qabilalarining nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatdi. Vatanini, xalqini sevishni, o‘z qishlog‘ini, shahrini, yurtini ardoqlashni o‘rta osiyoliklardan o‘rganish kerakligini isbotladi.

Spitamenning o‘limi haqida ham turli xil rivoyatlar mavjud. Ba’zi rivoyatlarda u o‘z xotini tomonidan o‘ldirilgan deyilsa, ayrimlarida sotqin qabiladoshlari tomonidan vahshiylarcha qatl etilgan deyiladi. Sharqning jasur, yengilmas, vatanparvar, mard o‘g‘loni Spitamenning nomi, uning dushmanga qarshi ko‘rsatgan qahramonliklari necha asrlardan beri tildan-tilga, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. U haqida, uning qahramonliklari haqida shoir va yozuvchilarimiz tomonidan ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Shaharlarimizdagi go‘zal xiyobonlar, ko‘rkam ko‘chalar uning muborak nomi bilan ataladi.

166
299
Посмотреть ответы 1

Ответы на вопрос:

umos
4,7(56 оценок)

ответ:

1) 4т; 2) 78в; 3) 8а; 4) аб.

Реши свою проблему, спроси otvet5GPT

  • Быстро
    Мгновенный ответ на твой вопрос
  • Точно
    Бот обладает знаниями во всех сферах
  • Бесплатно
    Задай вопрос и получи ответ бесплатно

Популярно: Другие предметы

Caktus Image

Есть вопросы?

  • Как otvet5GPT работает?

    otvet5GPT использует большую языковую модель вместе с базой данных GPT для обеспечения высококачественных образовательных результатов. otvet5GPT действует как доступный академический ресурс вне класса.
  • Сколько это стоит?

    Проект находиться на стадии тестирования и все услуги бесплатны.
  • Могу ли я использовать otvet5GPT в школе?

    Конечно! Нейросеть может помочь вам делать конспекты лекций, придумывать идеи в классе и многое другое!
  • В чем отличия от ChatGPT?

    otvet5GPT черпает академические источники из собственной базы данных и предназначен специально для студентов. otvet5GPT также адаптируется к вашему стилю письма, предоставляя ряд образовательных инструментов, предназначенных для улучшения обучения.

Подпишись на наш телеграмм канал

GTP TOP NEWS