Uyga vazifa 1. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning omonimlariga gap tuzing.
1. Sakkiz ming so‘mni o‘n uch foiz foyda berish sharti bilan olib, na foydasini beradi, na tanini (tan).
2. Har narsaga o‘z oti yarashadi (yarashmoq).
3. U shirinlikka juda o‘ch (o‘ch).
4. Yosh chog‘im – oltin chog‘im (chog‘).
5. Ter to‘kib sochsang urug‘ , yer seni qo‘ymas quruq (urug‘).
6. Qarorning beshinchi bandiga o‘zgartirishlar kiritildi (band).
7. Daraxtning bo‘shini qurt yer (bo‘sh).
8. Alpomish o‘n to‘rt botmon yoyni ko‘tarib tortdi.(yoy).
9. Qishi bilan bir necha jild kitob yozish mumkin (jild).
10. Yaxshidan qand yeysan, yomondan - pand(pand).
2. Matnni o‘qing.
DUNYONING SIRI
Uch kun burun u yigitni gapga solmoqchi bo‘ldi. Ancha vaqt ro‘parasida allanimalarni atay yozib-chizib o‘tirdi. Muzaffar bir payt kaftini og‘ziga tutib uzoq esnadi. O‘z go‘zalligining kuchiga ishongan har qanday ayol kabi Qunduz ham qattiq ranjidi (xafa bo‘ldi). “Kekkaygan student” haqida “Odamovi” (odamlarni yoqtirmaydigan) deb hukm chiqarib, bundan keyin unga gapirmaslikka ahd qildi (qaror qildi).
Biroq bugun ertalab beixtiyor “Nima kasalsiz?” – deb so‘radi va keyin afsuslandi.
Muzaffar jilmayishga harakat qildi, ozg‘in, qonsiz yuzida parishonlik paydo bo‘ldi.
– Shunaqa… Yer yuzida yetti milliard odamga yetgan havo menga yetmaydi.
Qunduz unga ajablanib (hayron bo‘lib) qaradi.
– Men astmaman-da, – dedi yigit xo‘rsinib.
Uning soxta xushholligini (xursandligini) ko‘rib, Qunduzning rahmi keldi.
– Tuzalib qoldingizmi, axir? – deb so‘radi atayin tetik ohangda.
Shifokorning gapiga ko‘ra, tuzalishim kerak. Lekin… doim doktorlarning gapi to‘g‘ri bo‘lsa, olamda (dunyoda) kasallik qolmas edi.
Qunduz tasalli berishga shoshildi:
– Siz, albatta, tuzalasiz.
Yigit bosh chayqadi:
– Qaydam (Bilmadim)…
– Bu yerda qancha odam davolangan! Tog‘ havosi…
–…Xuddi doktorga o‘xshaysiz-a… Menga qarang, tag‘in shifokor bo‘lmang?
– Yo‘q, – Qunduz ma’yus kuldi. – Farmatsevt bo‘lmoqchi edim…
– Kira olmadingizmi?
– Ha.
– E-e – dedi yigit. – Yana harakat qilib ko‘ring.
– O‘qish endi… – kelinchak kuldi. – Otasiz o‘sganman. Shuning uchun amakim nima desa, shu bo‘ladi.
– Ha –a, – dedi bosh irg‘ab Muzaffar…
* * *
Tog‘dan tushib kelyapman, – dedi Muzaffar ertasi kuni Qunduzni ko‘rgan zahoti. Egnida qalin sviter, eshikka suyanib, hansirab turardi.
– Qalay?
–Tog‘lar o‘ksik mening ko‘nglimdek…– dedi yigit. – So‘z yo‘q! Balandroqqa chiqa olmadim-da, nafas qisib qoldi.
– Nega… o‘ksik? – so‘radi Qunduz deraza pardalarini surib.
– Chiqsangiz ko‘rasiz.
– Men hali chiqmaganman.
– Qo‘ying-e?!
– Ishonmaysiz-a? Bir marta 9 – sinfda lola tergani yonbag‘irgacha borganmiz. Keyin vaqt bo‘lmadi.
– Yopiray!
– Bo‘zchi belboqqa yolchimaydi. – Qunduz xijolat bo‘lib kulimsiradi. – Bahorda chiqmoqchimiz. Chiroyli joylar…
Muzaffarni yo‘tal tutdi. Mushtini og‘ziga tutib yotaldi, yuzlari qizarib, yelkalari silkinar edi.
– La’nati-ey… – dedi xuruj bosilgach va yoshlangan ko‘zlarini artdi.– Sahardan (ertalabdan) boshlanyapti-ya! Ha-a, chiroyli joylar…Kiroyi joylar… – Javondan qora muqovali qalin kitobni oldi va o‘qishga kirishdi…
Qunduz zerikdi. Muzaffar bilan gaplashish qandaydir maroqli (yoqimli). Ammo yigit berilib o‘qir, go‘yo uning olamda borligini unutgan edi. Qunduz qat’iyat bilan qimtilgan qalin lablariga, qiz bolaniki singari uzun ingichka barmoqlariga bir-bir tikildi.
– Nima o‘qiyapsiz? – deb so‘radi nihoyat jur’at qilib.
Yigit bosh ko‘tardi.
– Gegel.
Qunduz Gegelning kimligini so‘rashga iymandi (uyaldi), tushungan kabi bosh silkib qo‘ydi.
– Qiziqmi?
– Nima desam ekan? Har narsa ham qiziqsang qiziq. Faylasuf u.
– Kecha televizorda ham bir faylasuf chiqdi.
– Kim?
– Sharipovmi, Sharopovmi, shunaqa fan nomzodi bor ekan-ku?
– Bilmadim, bo‘lsa bordir, – dedi yigit. – Bilasizmi, dunyoda nomzodlar, bakalavrlar, doktorlar, magistrlar, professorlar ko‘p – olimlar kam.
Kelinchak angrayib o‘tirar, g‘ayrioddiy tuyulgan bu so‘zlarni idrok etishga (tushunishga) qiynalar edi.
O‘qimaganiga o‘ksindi. Agar o‘qiganda, u ham shunaqa chiroyli gapirarmidi…
(Xayriddin Sultonovdan)
?Matn bo‘yicha yozma topshiriqlar
1. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘z birikmasi va iboralarni ma’nodoshi bilan almashtiring.
2. Berilgan ta’riflarga mos so‘zni matndan topib yozing:
1.Jamiyat qonuniyatlari ustida fikr yurituvchi odam. 2. O‘zini boshqalardan yuqori qo‘yadigan kishi. 3. Tushunish, tushuntirish qiyin bo‘lgan odatdan tashqari holat. 4. Biror narsani aql bilan tushunib yetish. 5. Odamlarga qo‘shilmaydigan, yolg‘izlikni yoqtiradigan kishi.
3. Sizningcha, hikoya qanday yakun topadi? Fikringizni yozma bayon qiling (5-6 ta gap bilan).
226
228
Ответы на вопрос:
ответ: Чтобы не навредить организму
Объяснение: лёгкие должны работать спокойно, ведь всё зависит друг от друга в организме и если вдруг лёгкие пострадают то и всё остальное тоже пострадают.
Реши свою проблему, спроси otvet5GPT
-
Быстро
Мгновенный ответ на твой вопрос -
Точно
Бот обладает знаниями во всех сферах -
Бесплатно
Задай вопрос и получи ответ бесплатно
Популярно: Другие предметы
-
Skeletron12902.01.2021 08:00
-
Sofia123456789122.01.2022 05:39
-
Ismira180524.03.2021 11:49
-
Str1x015.06.2021 20:55
-
оеькллал19.03.2021 04:36
-
БолатовДосжан10.01.2023 01:46
-
Aнoним0102.06.2021 19:24
-
Qwtyt02.10.2020 05:26
-
alexalex25100315.07.2020 17:34
-
capppcappi18.08.2022 17:19
Есть вопросы?
-
Как otvet5GPT работает?
otvet5GPT использует большую языковую модель вместе с базой данных GPT для обеспечения высококачественных образовательных результатов. otvet5GPT действует как доступный академический ресурс вне класса. -
Сколько это стоит?
Проект находиться на стадии тестирования и все услуги бесплатны. -
Могу ли я использовать otvet5GPT в школе?
Конечно! Нейросеть может помочь вам делать конспекты лекций, придумывать идеи в классе и многое другое! -
В чем отличия от ChatGPT?
otvet5GPT черпает академические источники из собственной базы данных и предназначен специально для студентов. otvet5GPT также адаптируется к вашему стилю письма, предоставляя ряд образовательных инструментов, предназначенных для улучшения обучения.