Ответы на вопрос:
Xorazmlik ulugʻ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. 1017-yil yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani koʻrinadi.
Объяснение:
Реши свою проблему, спроси otvet5GPT
-
Быстро
Мгновенный ответ на твой вопрос -
Точно
Бот обладает знаниями во всех сферах -
Бесплатно
Задай вопрос и получи ответ бесплатно
Популярно: Другие предметы
-
maksshvanov13.06.2021 04:31
-
Pomogite2310201716.01.2021 03:23
-
манукостуй15.11.2022 03:04
-
chuko13.10.2020 15:30
-
Geniud30.01.2022 07:03
-
Щкх28.02.2021 23:51
-
arefevaz199526.12.2020 03:24
-
voprosik00303.12.2022 11:02
-
Nikoletta255011.05.2021 03:45
-
4u4undr10.03.2023 03:01
Есть вопросы?
-
Как otvet5GPT работает?
otvet5GPT использует большую языковую модель вместе с базой данных GPT для обеспечения высококачественных образовательных результатов. otvet5GPT действует как доступный академический ресурс вне класса. -
Сколько это стоит?
Проект находиться на стадии тестирования и все услуги бесплатны. -
Могу ли я использовать otvet5GPT в школе?
Конечно! Нейросеть может помочь вам делать конспекты лекций, придумывать идеи в классе и многое другое! -
В чем отличия от ChatGPT?
otvet5GPT черпает академические источники из собственной базы данных и предназначен специально для студентов. otvet5GPT также адаптируется к вашему стилю письма, предоставляя ряд образовательных инструментов, предназначенных для улучшения обучения.