Сочинение на узбекском про библиотеку что бы участрогали директор ли алла
177
458
Ответы на вопрос:
Yig'lama qiz, yig'lama to'y seniki, yor-yor, ostonasi tillodan uy seniki, yor- ostonasi tillodan… qadim-qadimdan, tildan-tilga o'tib kelayotgan xalq ohanglari, so'zlari, terma va laparlarini tinglar ekansan, ularning naqadar teran mazmunga ega ekanidan hayratda qolasan kishi. darhaqiqat, yangi xonadonga, aniqrog'i, uning hayot mazmunini belgilaydigan oiladek muqaddas qo'rg'on eshigidan kirib borar ekan, ilk qadamini shu dargohning ostonasiga qo'yadi. yor-yorlarda, kelinchakning ilk qadami tekkan manna shu ostonaning o'ziniyoq tilloga tenglashtiradi momolarimiz. e'tibor qilsangiz, hamisha eng qimmatbaxo buyumlarning qiymati tillo bilan belgilangan. ramziy ma'noda esa, bu qiyos insonlarga, ularning tuyg'ulari, tabiatiga ham beriladi. "falonchi tillo odam-da! ", "tilla xislatlar bor", "falonchining qo'li naq oltin",- kabi iboralarni ko'p eshitamiz. kelin kiradigan uyning esa ostonasiyoq tillaga tenlanar ekan, demak, kelin uchun bu dargohning qiymati yo'q-bebaho va hatto muqaddoslik darajasiga ko'tariladi. kelin tushgan uy uning uchun muqaddas dargoh. u ana shu nuqtai nazar bilan bu dargohga mehr qo'ymog'i kerak. aslida hamma narsa ham muqaddaslashtirilavermaydi. muqaddas so'zi eng buyuk zot, joy yoki narsaga nisbatan ishlatiladi. ya'ni "muqaddas vatan", "ona- muqaddas", "muqaddas kitob", "muqaddas sajdagoh" bu jumlalar nafaqat bizga tanish, balki bu so'zlarni eshitganda, beixtiyor dilni hayajon bosadi. qarang-a, oila so'zi ham , "muqaddas" so'zi bilan birga yuqori otamalar darajasida qadrlanadi. qadrlanadigina emas, ular kabi, ulardan-da ortiq ulug'lanadi. ya'ni oila-vatan, oila- ona, oila- sajdagohdir! endi ayting-chi, ostonasi tillo bo'lgan mana shu muqaddas dargohni buzib bo'ladimi? bu dargohning bir g'ishtini buzish ham gunoh emasmi? men bu so'zlarni bekorga aytmayotibman. nega-ki, biz, "oila- muqaddas dargoh" so'zlarini juda ko'p takrorlaymiz. turli davralar-u, tadbirlarda, ma'ruzalarda ko'p bora eshitamiz. ammo bu so'zning mohiyatini hamma ham, yoki hamisha ham tushunamizmi? menimcha, yo'q. agar haqiqatan ham, oila- muqaddas qo'rg'on ekanligini hamma teran anglay bilganda, arzimas voqea, so'z yoki buyum tufayli ajrashib ketayotganlar, axlatxonalarga tashlab ketilayotgan, bolalar uyini to'ldirayotgan tirik yetim bolalar bo'lmasmidi, ehtimol! ajralishning oqibatida o'rtada sarson bolalar-chi! muqaddas qadamjolarni toptash gunox xisoblanadi . muqaddas oilani buzish-chi? uning gunohi-yu, uvoli kimning yelkasiga tushadi? oilaviy munosabatlarga yengil-yelpi qarash- muqaddas tuyg'ularni toptash ekanligini nafaqat oltin ostonaga qadam qo'yayotgan yoshlar, balki kattalar ham teran anglaganda edi! vatanning, har bir buyuklikning boshi- oiladandir. otalik, onalik baxti ilk bor tuyiladigan dargoh shu yer. muxabbatni anglash ham shu yerdan boshlanadi. kattaga hurmat, kichikka izzat, mehr-oqibat kabi insoniylik tuyg'ulari ham dastavval shu yerda shakllanadi. oiladagi ilk tushunchalar shakllanmay turib, komillikka erishib bo'lmaydi. iymon-u- e'tiqodning ibtidosi ham oiladan boshlanadi. ana shu oilaning oltin ostonasiga ilk bor qadam qo'yayotgan singiljon! kelinlik libosi ham, baxti ham naqadar yarashgan sizga! ammo, o'zingiznging mehringiz, mexnatingiz, sharinsuxaningiz-u, sadoqatingiz bilan qo'rg'oningizni qurishga tayyormisiz? yigitlik g'ururi bilan kuyovlik to'nini kiyayotgan ukajoim! belingizdagi belbog' mustahkam bo'lsin, ilohim! ammo, kuch va ma'suliyat bilan oilangizni moddiy va ma'naviy ta'minlash bilan birga, oltin ostonangizni hamisha asray bilasizmi? kelin olib, hovlisini, ko'nglini to'ldirish niyatida, qizli uyning darvozasini ochayotgan onajon! ostonangizdan ne umidlar bilan kirib kelayotgan, ammo hali siz kabi bilim va tajribaga ega bo'lmagan keliningizning aybini yashirib, yaxshisini oshirishga, ular qurgan yangi oilaning oltin poydevorini mustahkamlashda mehr va fidoyilik bilan yordam berishga tayyormisiz? men bugun takrorlashdan charchamayman:
3 сестры и 4 брата
один ребёнок-это брат
у него 3 сестры и 3 брата
а у одной сестёр 2 сестры и 4 брата(4: 2=2)
Реши свою проблему, спроси otvet5GPT
-
Быстро
Мгновенный ответ на твой вопрос -
Точно
Бот обладает знаниями во всех сферах -
Бесплатно
Задай вопрос и получи ответ бесплатно
Популярно: Математика
-
lera19283746506.07.2021 08:14
-
tigersarecool26.06.2020 14:25
-
katanator05.10.2021 04:20
-
АЙДЫН26131.05.2021 11:23
-
Arisha777727.03.2022 10:49
-
danier221.11.2022 12:09
-
йфцыяувчкасепм02.01.2022 22:34
-
АлинаSwons26.02.2022 22:48
-
Вундеркингsd27.05.2021 03:57
-
km54672907.09.2020 01:56
Есть вопросы?
-
Как otvet5GPT работает?
otvet5GPT использует большую языковую модель вместе с базой данных GPT для обеспечения высококачественных образовательных результатов. otvet5GPT действует как доступный академический ресурс вне класса. -
Сколько это стоит?
Проект находиться на стадии тестирования и все услуги бесплатны. -
Могу ли я использовать otvet5GPT в школе?
Конечно! Нейросеть может помочь вам делать конспекты лекций, придумывать идеи в классе и многое другое! -
В чем отличия от ChatGPT?
otvet5GPT черпает академические источники из собственной базы данных и предназначен специально для студентов. otvet5GPT также адаптируется к вашему стилю письма, предоставляя ряд образовательных инструментов, предназначенных для улучшения обучения.